Umumiy savollar
eSIM qanday ishlaydi?
Tarif sotib olgach, aktivatsiya QR-kodi va kodi "Buyurtmalarim" bo'limida chiqadi. Telefon sozlamalarida eSIM qo'shing va QR-kodni skanerlang.
To'lov qanday amalga oshiriladi?
Hozircha test (demo) to'lov rejimi ishlaydi. Keyinchalik Click, Payme va xalqaro kartalar qo'shiladi.
Internetim tugab qolsa-chi?
Istalgan vaqt yangi tarif sotib olishingiz mumkin — eski eSIM profilingiz saqlanib qoladi.
Erkin hajm
Trafik tugab qolsa-chi?
Internet to‘xtaydi. Tugashiga oz qolganda va tugaganda xabar yuboramiz — xabardagi havola orqali shu eSIM’ga bir zumda trafik qo‘shasiz.
Trafik tugayotganini qanday bilaman?
Trafik tugashiga oz qolganda va tugaganda email va saytdagi bildirishnomalar orqali xabar beramiz. Kartangizdan o‘zimiz hech narsa yechmaymiz — qo‘shishni o‘zingiz hal qilasiz.
Internet tezligi cheklanadimi?
Yo‘q, tezlik cheklanmaydi — to‘lov faqat siz tanlagan trafik hajmiga qarab olinadi.